Abiturient - 2010 hammasi shu yerda...

ABITURIENT 2010!

Abiturient 2010 veb saytiga xush kelibsiz!

20 iyundan boshlab respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida qabul komissiyalari abiturientlardan hujjatlarni qabul qilishni boshlaydi.

Bu saytda siz, O`zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari haqida, oliy ta’lim muassasalariga qabul rejalari va kunlik xamda jami topshirilgan arizalar soni haqida ma’lumotlarga ega bo`lishingiz mumkin.

Bu yildan boshlab O’zbekiston davlat san’at institutining Qoraqolpog’istondagi filiali ham o’z faoliyatini boshlaydi. Oliy ta’limga ega bo’lish uchun o’tkaziladigan tanlovda akademik litseylar, kollejlar va o’rta maktab bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Avvalgi yillardagi kabi bu yil ham o’qish davlat granti va to’lov-kontrakt asosida olib boriladi. Davlat granti asosida eng yuqori ballarni olgan talabalar o’qishlari mumkin. An’anaga ko’ra bu yil ham kirish imtihonlari 1 avgustda o’tkaziladi.

Test sinovlarini o’tkazilishi bo’yicha jiddiy o’zgarishlar yoq. Bu yil ham abiturientlar 3 ta fan bo’yicha test sinovlaridan o’tadilar. Shuningdek, alohida ijodiy yondoshuv talab etiladigan yo’nalishlarda Davlat Komissiyasi tomonidan tasdiqlangan qo’shimcha ijodiy imtihonlar o’tkaziladi.



Copyright TDPU -2009